Qashqadaryo viloyati Nishon tumanida hududiy Ekologiya boshqarmasi va IIB xodimlari "Balxiyak" mahallasida yashovchi fuqaroning uyida reyd o`tkazdi.
Ekologiya vazirligi matbuot xizmati xabariga ko`ra, A.K. o`z uyida 9 ta bo`z echkiemar hamda 5 ta O`rta Osiyo cho`l toshbaqasini noqonuniy saqlab kelayotgani aniqlangan.
Bo`z echkiemar va O`rta Osiyo toshbaqasi O`zbekiston Qizil kitobi hamda CITES Konvensiyasiga (Yo`qolib ketish xavfi ostida turgan yovvoyi fauna va flora turlarining xalqaro savdosi to`g`risidagi konvensiya) kiritilgan.
Bundan tashqari, A.K. 2 ta ko`lvor ilonni o`ldirib, hovlisiga osib qo`ygan.
Sudralib yuruvchilar ushlanib, yashash joylariga mos cho`l hududiga qo`yib yuborildi. Aniqlanishicha, fuqaro hayvonot dunyosiga 51,5 mln so`m miqdorida zarar etkazgan. Huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborish uchun hujjatlar tayyorlanmoqda.






