Kelasi haftada, 18-19-20 iyul kunlari Andijon viloyatining Xonobod shahrida "Dunyo sadolari" estrada festivali bo`lib o`tadi.
Xabar.uz muxbiri tomonidan ma`lum qilinishicha, Madaniyat va turizm vazirligi tomonidan tashkil etilayotgan ushbu musiqiy tadbirda bir qator dunyo darajasidagi yulduzlar ishtirok etishi kutilmoqda.
Festival oldidan o`tkazilgan matbuot anjumanida «Dunyo sadolari»ga mashhur «Boni Em» guruhi va doktor Alban bilan bir qatorda yana bir qator yulduzlar taklif etilgani aytib o`tildi. Festivalda 20 dan ortiq davlatlardan san`atkorlar ishtirok etishi rejalashtirilgan.






