AsosiyJamiyat

Xivada Pahlavon Mahmud xotirasiga bag`ishlab xalqaro bahodirlar musobaqasi o`tkaziladi

'Xivada Pahlavon Mahmud xotirasiga bag`ishlab xalqaro bahodirlar musobaqasi o`tkaziladi'ning rasmi

“Xiva – 2024 yilda islom dunyosining turizm poytaxti” xalqaro tadbiriga tayyorgarlik ko`rish va uni o`tkazish chora-tadbirlari to`g`risida”gi Prezident qarori (PQ–223-son, 12.07.2023 y.) qabul qilindi. Bu haqda Aldiya vazirligi xabar berdi.

Qarorga ko`ra, 2024 yil Xivada:

  • ️martda “Xiva – 2024 yilda islom dunyosining turizm poytaxti” xalqaro tadbiri;  
  • ️may oyida Islom hamkorlik tashkilotiga a`zo davlatlar turizm vazirlarining XII sessiyasi o`tkaziladi.

 2023–2024 yillarda quyidagi tadbirlar tashkil etiladi:

  • “Taste of Uzbekistan Festival” shiori ostida gastronomik festival;

 

  • Pahlavon Mahmud xotirasiga bag`ishlangan “Strongmen” xalqaro bahodirlar musobaqasi;

 

  • “Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi” doirasidagi tadbirlar.

 

️ Shuningdek, xalqaro tadbir logotipi hamda Xiva shahri haqida o`zbek, rus, ingliz, arab va fransuz tillarida qo`llanma ishlab chiqiladi.  

2023 yil oktyabrda Islom hamkorlik tashkilotiga a`zo davlatlarning turistik tashkilotlari, OAV vakillari, blogerlarni jalb qilgan holda Xorazm viloyati bo`ylab infotur tashkil etiladi.

    Boshqa yangiliklar