AsosiyJamiyat

Qashqadaryoda somon ortilgan "Kamaz" yonib ketdi

'Qashqadaryoda somon ortilgan "Kamaz" yonib ketdi'ning rasmi

Qashqadaryoda somon ortilgan "Kamaz" yonib ketdi. Bu haqda Qashqadaryo FVB Matbuot xizmati xabar berdi.

Holat 12 iyul kuni soat 17:24 larda Qarshi tumani "Taxtapul"MFY hududidan o`tgan yo`lda sodir bo`lgan. 

Voqea joyiga 2 ta yong`in qutqaruv-bo`linmasi jalb qilinib, yong`inga soat 17:54 larda to`liq o`chirilgan. Yong`in oqibatida yuk mashinasi qisman zararlangan, yukxonasiga ortilgan somon bog`lami yongan.

Aniqlanishicha, yuk mashinasi Koson tumani «Shirinobod» MFYda yashovchi fuqaro S.X boshqaruvida bo`lgan, yong`in oqibatida tan jarohati olganlar yo`q.

Hozirda yong`in sababi va zarari aniqlanmoqda.

    Boshqa yangiliklar