AsosiyDunyo

G7 davlatlari Ukraina uchun xavfsizlik kafolatlari to`g`risidagi deklarasiyani imzoladi

'G7 davlatlari Ukraina uchun xavfsizlik kafolatlari to`g`risidagi deklarasiyani imzoladi'ning rasmi

"Katta ettilik" davlatlari (AQSh, Buyuk Britaniya, Fransiya, Germaniya, Yaponiya, Italiya, Kanada) Ukraina uchun G7`dan harbiy yordam va xavfsizlik kafolatlari to`g`risidagi deklarasiyani imzoladi. Deklarasiya 12 iyul kuni NATOning Vilnyusdagi sammitida qabul qilindi.

«Biz Ukraina xavfsizligi Evro-Atlantika mintaqasi xavfsizligining ajralmas qismi ekanini tasdiqlaymiz», — deyiladi hujjatda.

Deklarasiyaga ko`ra, G7 davlatlari Ukraina uchun xavfsizlik bo`yicha «aniq, ikki tomonlama va uzoq muddatli» majburiyatlarni ishlab chiqish niyatida. Buning uchun uchta asosiy yo`nalish mavjud:

  • «Ukrainani ayni damda himoya qilish va kelajakda Rossiya agressiyasini to`xtatish»ga qodir qurolli kuchlarni yaratish. Bu zamonaviy qurol-yarog`larning doimiy ta`minlanishi bilan bog`liq bo`ladi (havo hujumidan mudofaa tizimlari, artilleriya, uzoq masofali zarba beruvchi qurollar va zirhli transport vositalariga ustuvorlik beriladi); Ukraina harbiy-sanoat kompleksini rivojlantirish; ukrain harbiylarini tayyorlash; razvedka sohasidagi hamkorlik; kiberxavfsizlik sohasida yordam ko`rsatish;
  • Ukraina iqtisodiyotini mamlakatni tiklash va energiya xavfsizligini ta`minlash orqali mustahkamlash;
  • Rossiyaning joriy bosqinining oqibatlarini bartaraf etish uchun Ukrainaga texnik va moliyaviy yordam ko`rsatish.

Ukraina, o`z navbatida, quyidagi majburiyatlarni o`z zimmasiga oldi:

  • turli sohalarda, jumladan, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va sud-huquq tizimi faoliyati, korrupsiyaga qarshi kurashish, inson huquqlari va ommaviy axborot vositalari erkinligini ta`minlash borasidagi islohotlarni davom ettirish;
  • qurolli kuchlar ustidan fuqarolik nazoratini kuchaytirish va mudofaa institutlarida shaffoflikni ta`minlash orqali mudofaa va armiyani modernizasiyalash sohasidagi islohotlarni davom ettirish.

«Bu xavfsizligimizni ta`minlash uchun mutlaqo yangi imkoniyatlarni yaratadi», — dedi Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy deklarasiyani e`lon qilish marosimida.

    Boshqa yangiliklar