AsosiyDunyo

Mask Sukerbergni plagiatda aybladi

'Mask Sukerbergni plagiatda aybladi'ning rasmi

Ilon Mask omma oldida Mark Sukerbergni plagiatda aybladi va ular o`rtasidagi mojaro shaxsiyga aylanganini aytdi. Bu haqda zamon.uz xabar bermoqda.

Mask bu haqda Sukerbergning Meta kompaniyasi Twitter'ning tijorat sirlaridan Threads yangi ijtimoiy tarmog`ini yaratishda foydalangani haqida shubha bildirganidan keyin gapirgan.

«Men Twitter'ga 44 milliard dollar sarfladim va Sukerberg shunchaki uni nusxalashga qaror qildi. Endi bu shaxsiydir», — deb yozdi Mask o`z sahifasida.

Shuningdek, u hali ham Sukerberg bilan jangga tayyorgarlik ko`rayotganini qo`shimcha qildi. «Qafasda ko`rishguncha», deb xulosa qildi milliarder.

Avvalroq Mask Sukerberg bilan jangga tayyorgarlik ko`rish jarayonida o`rta va yarim o`rta vazn toifasida sobiq UFC chempioni Jorj Sent-Per bilan mashg`ulot o`tkazgani haqida xabar berilgandi. Ayni vaqtda Italiya Madaniyat vazirligi Kolizeyda milliarderlar duelini o`tkazishni taklif qilgan. Mask va Sukerberg bu tashabbusni qabul qilishdi.

    Boshqa yangiliklar