AsosiyJamiyat

Toshkentda avtomobillar chuqurlikka tushib ketdi

'Toshkentda avtomobillar chuqurlikka tushib ketdi'ning rasmi

Bugun, 8 iyul kuni taxminan soat 12:00 lar atrofida Toshkent shahar Yunusobod tumani Niyozbek yo`li ko`chasida qurilayotgan yangi binoning poydevori uchun qazilgan handaqning bir chetida er o`pirilish hodisasi sodir bo`lgan. Bu haqda FVV xabar berdi

Natijada handaq chetidagi yo`lda turgan Matiz va Spark rusumli avtomobillar handaq ichiga tushib ketgan.

Qayd etilishicha, hodisa to`g`risida FVVga xabar kelib tushmagan. Biroq tarqalgan xabar yuzasidan voqea joyiga shahar va tuman FVB xodimlari chiqib, o`rganish ishlarini olib borgan hamda avtomobillar maxsus texnika yordamida handaqdan chiqarib olingan.

Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo`lganlar yo`q.

    Boshqa yangiliklar