AsosiyJamiyat

Buxorodagi chegarada jangovor qurollarni noqonuniy olib o`tayotgan shaxs ushlandi qo`lga olindi

'Buxorodagi chegarada jangovor qurollarni noqonuniy olib o`tayotgan shaxs ushlandi qo`lga olindi'ning rasmi

Buxoro viloyatida joylashgan "Olot-avtoyo`l" xalqaro o`tkazish punktida kirish yo`nalishida harakatlanib kelayotgan fuqaro S.A. boshqaruvidagi DAF rusumli yuk transport vositasi ko`rikdan o`tkazilgan. Bu haqda DXX Chegara qo`shinlari Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Natijada tirkamaga ortilgan jami 8 dona engil avtomashinalar orasidan, davlat raqamisiz, rusumi Hyundai elantra bo`lgan avtomashinaning orqa o`rindig`i va zaxira g`ildiragi orasidan 1 dona karton qutida 43 dona jangovar patronlar yashirib qo`yilganligi aniqlangan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Ma`lumot o`rnida, qurol bilan bog`liq tartiblar O`zbekiston Respublikasining Qurol to`g`risidagi qonunida belgilangan.

    Boshqa yangiliklar