Bugun muddatidan ilgari O`zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi kampaniyasida prezidentlikka nomzodlar uchun belgilangan saylovoldi tashviqotning oxirgi kuni.
O`zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining tegishli moddalariga ko`ra saylov kuni va ovoz berish kuniga bir kun qolganda tashviqotga yo`l qo`yilmaydi.
Shu bilan bir qatorda, saylov kuni va ovoz berish boshlanishidan bir kun oldin jamoatchilik fikri so`rovlari natijalarini, saylov natijalari prognozlarini, o`tkazilayotgan saylov bilan bog`liq boshqa tadqiqotlarni e`lon qilish (hammaga ma`lum qilish), shu jumladan axborot tarmoqlariga, shuningdek Internet jahon axborot tarmog`iga joylashtirish taqiqlanadi.






