Joriy yilning 9 iyul kuni Toshkentda metro qatnovlari yakshanba kuni bo`lishiga qaramay, ish kunlari uchun tasdiqlangan doimiy jadval asosida harakatlanadi. Bu haqda "Toshkent metropoliteni" Matbuot xizmati xabar berdi.
Ma`lum qilinishicha, metro harakati jadvalining o`zgarishiga 9 iyul kuni O`zbekistonda o`tkazilayotgan Prezidenti saylovi sabab bo`lgan.






