AsosiyJamiyat

Dam olish kunlari O`zbekiston bo`ylab kuzatiladigan ob-havo haqida ma`lumot berildi

'Dam olish kunlari O`zbekiston bo`ylab kuzatiladigan ob-havo haqida ma`lumot berildi'ning rasmi

"O`zgidromet" markazi 7-9 iyul kunlari O`zbekistonda kuzatiladigan ob-havo ma`lumotlari haqida xabar berdi.

Bugun O`zbekiston bo`yicha ushbu haftaning boshida respublika hududlarida kuzatilgan nasbatan salqin ob-havo saqlanib turadi. Havo harorati 31-36 daraja atrofida, janubda 40 darajagacha bo`ldi.

Kunning ikkinchi yarmida markaziy va sharqiy viloyatlar bo`yicha ba`zi joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`adi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin.

Shanba va yakshanba kunlari respublika bo`yicha havo asosan biroz bulutli bo`ladi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati ko`tarila boshlaydi, ammo hududlarning katta qismida iyul oyi uchun 33-38 daraja bo`lgan maqbul qiymatlar saqlanib turadi, faqat eng chekka janubda 39-41 daraja atrofida bo`ladi.

Ayrim tog` oldi va tog`li hududlarda momaqaldiroq bilan qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi mumkin.

Respublika bo`yicha ba`zi joylarda shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to`zon bilan kuzatilishi kutilmoqda.

Poytaxtda bugun 7 iyul kuni havo biroz bulutli bo`ladi, vaqti-vaqti bilan o`zgarib turadi, kunning ikkinchi yarmida qisqa muddatli yomg`ir yog`adi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol tezligi 10-12 m/s gacha kuchayadi. Harorat 31-33 daraja bo`ladi.

Shanba va yakshanba kunlari havo asosan biroz bulutli bo`ladi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 34-37 daraja bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar