AsosiyJamiyat

"Lepsning konsertiga bilet sotib olgan har bir o`zbekistonlik bilvosita qotil" — Rasul Kusherbaev

'"Lepsning konsertiga bilet sotib olgan har bir o`zbekistonlik bilvosita qotil" — Rasul Kusherbaev'ning rasmi

Avval xabar qilganimizdek, rossiyalik xonanda Grigoriy Lepsning "Xalqlar do`stligi" saroyida oktyabr oyida bo`lishi rejalashtirilgan konsert dasturi bekor qilindi. Sal avval esa, xonandaning Qirg`izistonning Cho`lpon-Ota shahrida 2 avgust kuni bo`lib o`tishi kerak bo`lgan konserti ham bekor bo`lgani xabar qilindi.

Jamoatchilik faoli, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o`zgarishlari vaziri maslahatchisi Rasul Kusherbaev Lepsning bekor bo`lgan konserti haqida "ikki og`iz" fikr bildirdi

"Shaxsan men bu ishdan xursandman. Chunki Lepsning konsertiga bilet sotib olgan har bir o`zbekistonlik bilvosita qotil, bosqinchi rus armiyasini moliyaviy  qo`llab-quvvatlagan bo`lardi.  

Aynan Leps kabilarning ko`magi tufayli kecha tunda rus qo`shini Lvov shahrida uxlab yotgan tinch aholining uylariga hujum qilib, ko`plab bolalar va kattalarni o`ldirdi va o`ldirishda davom etmoqda.  

Afsuski Leps kabilarning konsertiga kirish yana ko`plab begunoh odamlarni o`ldirilishga yo`l ochib beradi.  

Shu bois, aqli raso, gumanist har bir inson bu zulmga qarshi chiqa olmagan taqdirda ham unga qo`shilish, sherik bo`lishdan tiyilmog`i lozim", - deya yozib qoldirdi sobiq deputat. 

 

    Boshqa yangiliklar