AsosiyJamiyat

Toshkentdagi istirohat bog`ida giyohvand modda chekayotgan erkak ushlandi

'Toshkentdagi istirohat bog`ida giyohvand modda chekayotgan erkak ushlandi'ning rasmi

Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari Chilonzor tumanidagi ko`ngilochar bog` hududida patrullik qilayotgandi giyohvand modda chekayotgan erkakni aniqlagan.

Harbiy xizmatchilarning chekish uchun mo`ljallanmagan jamoat joylarida chekishni taqiqlash haqidagi ogohlantirishiga erkak hech qanday munosabat bildirmagan. Shu bilan birga, tutun hidi o`ziga xos bo`lgan. Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari xolislar ishtirokida tintuv o`tkazish chog`ida erkakdan kichik qog`oz o`ramini topib, uning ichida o`ziga xos hidga ega yashil rangli kukunli modda borligini aniqlagan.

Erkak qo`lga olingan va eng yaqin ichki ishlar bo`limiga olib kelinib, shaxsi aniqlanganda 39 yoshli Ya.A. ekani ma`lum bo`lgan. Hozirda ichki ishlar organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar