AsosiyJamiyat

“O`zagrosug`urta”da onlayn xizmatlar soni to`rttaga ko`paydi

'“O`zagrosug`urta”da onlayn xizmatlar soni to`rttaga ko`paydi'ning rasmi

Jamiyat tomonidan yana to`rtta onlayn sug`urta xizmatlari, xususan, aholi uy-joylarini sug`urta qilish, vaksinasiya (COVID-19) oqibatlaridan sug`urta qilish, homilador ayollar va ularning homilasi (bolasi)ni sug`urta qilish hamda bolalarni baxtsiz hodisalardan kompleks sug`urta qilish xizmatlari yo`lga qo`yildi.

Bunda:

Aholi uy-joylarini sug`urta qilish – yong`in, portlash, kuchli shamol, kuchli jala, ko`chki, toshqin, sel va boshqa ofatlar natijasida uy-joyga shikast etganda;

  • Vaksinasiya (COVID-19) oqibatlaridan sug`urta qilish – COVID-19 vaksinasiyasi doirasida qabul qilingan, rasman hujjatlashtirilgan vaksinaning salbiy oqibatlari natijasida shaxsning to`liq mehnat qobiliyatini yo`qotganda yoki vafot etganda;
  • Homilador ayollar va ularning homilasi (bolasi)ni sug`urta qilish – 18 yoshga to`lgan va 40 yoshdan oshmagan, muomala layoqatiga ega, ayolning o`zi va homilasi (bolasi) salomatligi va hayotiga zarar etganda;
  • Bolalarni baxtsiz hodisalardan kompleks sug`urta qilish – 18 yoshgacha bo`lgan bolalarning baxtsiz hodisalar, yuqumli kasalliklar bilan kasallanishi oqibatida sog`lig`iga zarar etganda yoki ushbu hodisalar natijasida vafot etganda sug`urta badali to`lab beriladi.

Eslatib o`tamiz, “O`zagrosug`urta” aksiyadorlik jamiyati endilikda 24 turdagi sug`urta xizmatlarini onlayn shaklda taqdim etаdi.

    Boshqa yangiliklar