O`zbekiston energetika tizimida birinchi bo`lib “O`zbekgidroenergo” AJ tarkibidagi GESlarda “yashil energiya” sertifikatlari tizimi joriy etildi.
“Yashil energiya” sertifikati qayta tiklanadigan energiya manbalaridan ma`lum miqdorda energiya ishlab chiqarilganligini tasdiqlovchi elektron hujjatdir.
Iqtisodiyot va moliya vazirligi I-REC bilan kelishuvga erishdi hamda ushbu tizimni tartibga soluvchi mas`ul organ (emitent) sifatida ushbu tashkilot akkreditasiyasidan o`tgan. Tovar-xom ashyo birjasi tomonidan birja savdolarida “yashil energiya” sertifikatlarini sotishga mo`ljallangan alohida “yashil energetika seksiyasi” tashkil qilingan bo`lib, spot.uzex.uz sayti orqali “yashil energiya” sertifikatlarini sotuvga qo`yib boradi.
Eslatib o`tamiz, “O`zbekgidroenergo” AJ tasarrufida 53 ta GES mavjud bo`lib, umumiy gidroenergetik quvvati 2 225 MVtga teng. 2030 yilga kelib iqtisodiyotimizda energiya samaradorligi 2 karra oshirilib, qariyb 50 milliard kilovatt soat “yashil energiya” ishlab chiqariladi. 10 ming kilometr magistral va 110 ming kilometr hududiy elektr tarmoqlari barpo etiladi.






