Qirg`iziston prezidentining jiyani Ulan Japarov hibsga olindi.
Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati rahbari Dayirbek O`runbekov Facebook'dagi sahifasida ma`lum qildi.
Sadir Japarovning amakivachchasi Raqimjonning o`g`li Ulan Japarovga nisbatan Qirg`iziston Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bo`yicha jinoiy ish qo`zg`atilgan. Ulan Japarov bojxonadagi korrupsiya ishlarida ishtirok etganlikda gumon qilinmoqda.
Ma`lumotlarga ko`ra, mamlakat prezidenti holatdan xabar topgan va gumonlanuvchilarga nisbatan qonuniy choralar ko`rilishini talab qilgan.






