Ertaga, 7 iyul kuni O`zbekiston bo`ylab havo harorati oddatdagidan biroz pasayib, 36-40 daraja issiq bo`lishi kutilmoqda. Bu haqda O`zgidromet xabar berdi.
Toshkent shahrida havo biroz bulutli bo`ladi, vaqti-vaqti bilan o`zgarib turadi, biroz qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi, kechga tomon 12-14 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 18-20 daraja iliq, kunduzi 31-33 darajada issiq bo`ladi.
Qoraqalpog`iston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo`ladi, vaqti-vaqti bilan o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 20-25 daraja iliq, kunduzi 34-39 darajada issiq bo`ladi.
Buxoro hamda Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo`ladi, vaqti-vaqti bilan o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to`zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 23-28 daraja iliq, kunduzi 34-39 darajada issiq bo`ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo`ladi, vaqti-vaqti bilan o`zgarib turadi, ba`zi joylarda biroz qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to`zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 17-22 daraja iliq, kunduzi 31-36 darajada issiq bo`ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 20-25 daraja iliq, kunduzi 35-40 darajada issiq bo`ladi.
Andijon, Namangan va Farg`ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda o`zgarib turadi, ba`zi joylarda biroz qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to`zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 20-25 daraja iliq, kunduzi 31-36 darajada issiq bo`ladi.
Respublikaning tog`li hududlarida havo o`zgarib turadi, ba`zi joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 10-15 daraja iliq, kunduzi 20-25 darajada issiq bo`ladi.






