AsosiyJamiyat

Toshkent viloyatida bedarak yo`qolgan yigit 2,5 yildan buyon qidirilmoqda yildan buyon qidirilmoqda

'Toshkent viloyatida bedarak yo`qolgan yigit 2,5 yildan buyon qidirilmoqda yildan buyon qidirilmoqda'ning rasmi

Toshkent viloyati Bo`stonliq tumanida bedarak yo`qolgan yigit 2,5 yildan buyon qidirilmoqda. Bu haqda viloyat IIBB axborot xizmati xabar berdi.

Unga ko`ra, Faxriddin Nuriddinov 2005 yil 16 mayda tug`ilgan. Toshkent viloyati Bo`stonliq tumani “Barraj” MFY Oxunboboev ko`chasi 58-uyda yashagan. U 2021 yil 26 aprel kuni o`z uyidan noma`lum tomonga chiqib ketib, bedarak yo`qolgan.

Belgilari: bo`yi 160-165 sm, ozg`in gavdali, sochi qora, qoshi qalin, ko`zi qora, qirra burun, labi va quloqlari o`rtacha kattalikda, yuz ko`rinishi dumaloq.

Egnidagi kiyimlari: bo`ri tasvirli qora rangli jemper, ko`k jinsi shim, oyog`ida qora sport krossovkasi bo`lgan.

Qayd etilishicha, bedarak yo`qolgan shaxsni topishda ko`maklashgan fuqaro 10 million so`m bilan mukofotlanadi. Ushbu shaxs haqida ma`lumotga ega bo`lganlar 102 qisqa raqami orqali xabar berishi so`ralgan. Xabar bergan fuqaroning shaxsi sir saqlanishi kafolatlanadi.

    Boshqa yangiliklar