AOKAda o`tkazilgan brifingda Huquqni muhofaza qilish akademiyasi axborot xizmati rahbari Sanobar Mansurova qabul jarayonlari haqida ma`lumot berdi:
Jumladan:
tashqi nomzodlar uchun – 10 ta (1 ta davlat granti va 9 ta to`lov-kontrakt);
ichki nomzodlar uchun – 5 ta (davlat granti).
Ta`limning sirtqi shakli bo`yicha tashkil etiladigan “Prokurorlik faoliyati” mutaxassisligi uchun jami 25 ta qabul kvotasi joriy qilindi:
- tashqi nomzodlar uchun – 10 ta (to`lov-kontrakt);
- ichki nomzodlar uchun – 15 ta (5 ta davlat granti va 10 ta to`lov-kontrakt).
Magistraturaga o`qishga qabul qilingan prokuratura organlari xodimlarining egallab turgan lavozimi va o`rtacha oylik ish haqi o`qish davri mobaynida saqlab qolinadi.
Ochiq tanlov bo`yicha davlat granti asosida qabul qilingan tinglovchilarga qonun hujjatlarida belgilangan tartib va miqdorda har oylik stipendiya to`lanadi.
Akademiya magistraturasining barcha mutaxassisliklari bo`yicha tanlov joriy yilning 16 avgust kuni o`tkaziladi.
06.07.2023 17:11
Huquqni muhofaza qilish akademiyasiga joriy o`quv yili uchun 45 ta qabul kvotasi ajratilgan






