AsosiyJamiyat

Urganch shahar sobiq hokimi Shuhrat Abdullaev 3 yilga qamaldi

'Urganch shahar sobiq hokimi Shuhrat Abdullaev 3 yilga qamaldi'ning rasmi

2023 yil 4 iyul kuni jinoyat ishlari bo`yicha Xiva tuman sudida 2018-2020 yillar mobaynida Urganch shahar hokimi lavozimida ishlagan, sudlanuvchi Shuhrat Abdullaevga oid jinoyat ishini ko`rib chiqish bo`yicha ochiq sud jarayoni tugab, sud hukmi e`lon qilindi. Bu haqda Oliy sud matbuot kotibi xabar bermoqda. 

E`lon qilingan sud hukmiga ko`ra Sh. A. Jinoyat kodeksining 209-moddasi (mansab soxtakorligi) 2-qismi “a” bandi va 229-4-moddasi (er berish tartibini buzish) 2-qismi “a”, “b” bandlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga 2 yilga muayyan huquqdan, ya`ni davlat organi, davlat ishtirokidagi tashkilot va fuqarolarning o`zini o`zi boshqarish organlarida mansabdor va moddiy javobgar shaxs lavozimlarida ishlash huquqidan mahrum qilgan holda 3 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.  

Ushbu qarordan norozi taraflar qonunda belgilangan tartib va muddatda Xorazm viloyat sudining apellyasiya instansiyasiga shikoyat berish va protest bildirishga haqliligi ma`lum qilinadi.

    Boshqa yangiliklar