AsosiyJamiyat

"Bunyodkor"ning avtoturargohini buzib, ko`p qavatli uylar va mehmonxona qurish taklif qilindi

'"Bunyodkor"ning avtoturargohini buzib, ko`p qavatli uylar va mehmonxona qurish taklif qilindi'ning rasmi

2023-2025 yillarda Toshkent shahri Chilonzor tumani hududida joylashgan «Bunyodkor» stadioniga qarashli 5,5 gektarli avtoturargoh o`rnida mehmonxona va ko`p qavatli turarjoy binosi quriladi. Bu haqda Prezidentning joriy yil 3 iyuldagi tegishli qarorida gap boradi.

Hujjat matniga ko`ra, taklif Toshkent shahar hokimligidan chiqqan.

«Avtoturargohning jami 5,5 gektar er uchastkasida qiymati kamida 200 mln AQSh dollari bo`lgan mehmonxona, savdo va xizmat ko`rsatish ob`ektlari, ko`p kvartirali uylar va ko`p qavatli avtoturargohni o`z ichiga olgan zamonaviy ishbilarmonlik markazini qurish loyihasini amalga oshirish taklifi ma`qullansin», – deyiladi Prezident qarorida.

Shuningdek, ushbu hujjat bilan Hukumat hamda poytaxt hokimligiga «zamonaviy ishbilarmonlik markazini amalga oshirish uchun» er uchastkasini loyiha tashabbuskorlariga o`rnatilgan tartibda ajratish topshirilgan.

Ma`lumot uchun, hujjatda loyiha tashabbuskorlari kim ekaniga aniqlik kiritilmagan.

    Boshqa yangiliklar