Surxondaryo viloyati Termiz shahrida IIB xodimlari 3 nafar fuqaroning hayotini saqlab qoldi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar berdi.
Unga ko`ra, 4 iyuldan 5 iyulga o`tar kechasi tungi soat 3:30 lar atrofida tungi xizmatga jalb etilgan xodimlar Termiz shahar At-Termiziy shohko`chasida joylashgan kafeda yong`in sodir bo`layotganini aniqlagan. Patrul-post xizmat xodimlari manzilga kelgan vaqtida uch nafar fuqaro bino ichida uxlab yotgan bo`lgan.
Kuchli tutun ta`sirida karaxt holga tushgan fuqarolar zudlik bilan tashqariga olib chiqilib, ularga birinchi tibbiy yordam ko`rsatilgan. Hozirda ularning barchasi sog`-salomat ekani ta`kidlangan.






