Yo`lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida 2023-yilning 7-iyul kunidan 10-iyul kunigacha 767/768-sonli “Samarqand — Toshkent — Samarqand” yo`nalishida “Afrosiyob” elektropoezdining qo`shimcha harakati yo`lga qo`yildi. Bu haqda “O`ztemiryo`lyo`lovchi” AJ matbuot xizmati xabar bermoqda.
Poezd quyidagi jadval asosida harakatlanadi:
767-sonli “Samarqand — Toshkent” yo`nalishi
Samarqand 11:09 — Toshkent 13:19
768-sonli “Toshkent — Samarqand” yo`nalishi
Toshkent 13:40 — Samarqand 15:48
IZOH: Qo`shimcha ma`lumotni Toshkent shahridagi 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yo`l chiptaxonalari hamda ma`lumotlar byurosidan bilib olishingiz mumkin. Eslatib o`tamiz, chiptalarni nafaqat temir yo`l chiptaxonalaridan, balki elektron tarzda ushbu havola orqali xarid qilishingiz mumkin: eticket.railway.uz
⠀






