Ozarbayjon qirg`oqlarida 5,4 magnitudali zilzila sodir bo`ldi. Bu haqda Evropa-O`rtaer dengizi seysmologik markazi (EMSC) ma`lum qildi.
Zilzila o`chog`i 37,1 ming kishi istiqomat qiluvchi Xachmaz shahridan 43 kilometr shimoli-sharqda, 35 kilometr chuqurlikda joylashgan. Boku aholisi kuchli er silkinishini his qildi. Ko`pchilik uyini tark etdi. Qurbonlar va vayronagarchiliklar haqida ma`lumotlar yo`q, deb xabar beradi mir24.tv.
Boku aholisi zilziladan qo`rqib, ko`chalarda qolmoqda, deb xabar beradi “RIA Novosti” muxbiri. Mahalliy abonentlarning telefonlariga yangi silkinishlar mumkinligi haqida xabarlar keldi.
Ayni vaqtda, APA agentligi Respublika seysmologiya xizmatiga tayanib, Kaspiy dengizida 5,7 magnitudali zilzila sodir bo`lganini xabar qildi.






