Sidiqov Bahodirjon Bahromovich — "O`zbekneftgaz" AJ Boshqaruvi raisi etib tayinlandi.
Bahodirjon Sidiqov bunga qadar «O`zbekneftgaz» AJ Boshqaruvi raisi vazifasini bajaruvchi sifatida faoliyat yuritib kelayotgan edi.
Shuningdek, Rustam Sherov «O`zbekneftgaz» AJ boshqaruvi raisining Geologiya va qazib chiqarish bo`yicha o`rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Shu kunga qadar u «O`zbekneftgaz» AJ boshqaruvi raisining Qazib chiqarish va qayta ishlash bo`yicha o`rinbosari lavozimida ishlagan.
Odil Temirov «O`zbekneftgaz» AJ boshqaruvi raisining Qayta ishlash bo`yicha o`rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Tayinlovga qadar u «O`zkimyosanoat» AJ boshqaruv raisining ishlab chiqarish, mahalliylashtirish, sanoatda kooperasiya aloqalarini kengaytirish va axborot texnologiyalari bo`yicha birinchi o`rinbosari lavozimida ishlagan.






