AsosiyJamiyat

Kompromatuzb Telegram-kanali bilan bog`liq jinoyat ishi sudga kelib tushdi

'Kompromatuzb Telegram-kanali bilan bog`liq jinoyat ishi sudga kelib tushdi'ning rasmi

Kompromatuzb Telegram-kanali bilan bog`liq jinoyat ishi sudga kelib tushgan. Bu haqda Oliy Sud Matbuot xizmati xabar berdi.

Kompromatuzb Telegram-kanali bilan bog`liq jinoyat ishi yuzasidan Jinoyat kodeksining 139-moddasi 2-qismi, 165-moddasi 3-qismi “a” bandi, 25,165-moddasi 3-qismi “a” bandi, 184-moddasi 3-qismi va 243-moddasi bilan ayblangan X. D. (1984 yilda Andijon viloyatida tug`ilgan), Jinoyat kodeksining 139-moddasi 2-qismi, 165-moddasi 3-qismi “a” bandi, 25,165-moddasi 3-qismi “a” bandi va 243-moddasi bilan ayblangan S. X. (1983 yilda Qashqadaryo viloyatida tug`ilgan), Jinoyat kodeksining 139-moddasi 2-qismi, 165-moddasi 3-qismi “a” bandi va 25,165-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan ayblangan A. A. (2004 yilda Andijon viloyatida tug`ilgan) hamda Jinoyat kodeksining 165-moddasi 2-qismi “a”, “b”, “v” bandlari bilan ayblangan M. M. (ayol, 1973 yilda Andijon viloyatida tug`ilgan) ga oid jinoyat ishi jinoyat ishlari bo`yicha Shayxontohur tuman sudining ish yurituviga kelib tushgan.

Ma`lum qilinishicha, ayni paytda ushbu jinoyat ishi “E-XSUD” elektron axborot tizimi orqali sudyalar o`rtasida taqsimlanish jarayonida.

Tasdiqlangan ayblov xulosasiga ko`ra mazkur jinoyat ishi bo`yicha 19 nafar jabrlanuvchi va 10 nafar fuqaroviy da`vogar mavjud bo`lib, jinoyat oqibatida ularga jami 5 138 000 000 so`m miqdorida moddiy zarar etkazilganligi aniqlangan.

Jinoyat ishini ko`rib chiqish bo`yicha sud jarayoni boshlanishi haqida qo`shimcha ma`lumot beriladi.

    Boshqa yangiliklar