Prezidentning «O`zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o`zgartirish va qo`shimchalar kiritish, shuningdek, ba`zilarini o`z kuchini yo`qotgan deb hisoblash to`g`risida»gi farmoni qabul qilindi.
Mazkur farmon bilan Prezidentning 2020 yil 6 noyabrdagi «O`zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta`lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora tadbirlari to`g`risida»gi farmoniga o`zgartirish kiritildi.
Unga ko`ra majburiy 11 yillik ta`limning so`nggi 6 yillik baholari o`rtacha ko`rsatkichini oliy ta`lim tashkilotiga kirish imtihonlarida inobatga olish 2 yilga kechiktirildi.
Natijada joriy yilda majburiy 11 yillik ta`limning so`nggi 6 yillik baholari oliy ta`lim tashkilotlariga kirish imtihonlarida inobatga olinmaydi.






