AsosiyJamiyat

O`zbekistonning uchta viloyatida sel xavfi e`lon qilindi

'O`zbekistonning uchta viloyatida sel xavfi e`lon qilindi'ning rasmi

Joriy yilning 5-7 iyul kunlari kutilayotgan yomg`irlar yog`ishi sababli, respublikaning tog` oldi va tog`li hududlarida sel kelish xavfi e`lon qilindi. Jumladan:

Toshkent viloyati: Ohangaron, Bo`stonliq, Parkent, Piskent, O`rtachirchiq, Yuqorichirchiq tumanlarida va Angren, Olmaliq shaharlarida;

Namangan viloyati: Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan, Yangiqo`rg`on tumanlarida;

Farg`ona viloyati: So`x, Shohimardon, Farg`ona, Beshariq tumanlarida;

Andijon viloyati: Andijon, Asaka, Jalaquduq, Qo`rg`ontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xo`jaobod, Marhamat tumanlarida va Xonabod shahrida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

Tog` oldi va tog`li hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolarni ehtiyotkorlik choralarini ko`rishlarini so`raymiz.

 

    Boshqa yangiliklar