AsosiyJamiyat

Andijonda Milliy gvardiya xodimi avtohalokatga uchradi

'Andijonda Milliy gvardiya xodimi avtohalokatga uchradi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda Andijonda milliy gvardiya mashinasi YTHga uchragani aks etgan video tarqaldi.

Holat yuzasidan Andijon viloyati YHXB matbuot xizmati ma`lumot berdi. 

Ma`lum qilinishicha, Kecha, 3 iyul kuni soat 13:30larda, Andijon shaxar “Gumbaz” MFY, Boburshox ko`chasida,  haydovchi (Milliy gvardiya Andijon viloyati bo`yicha boshqarmasi xodimi, kichik serjant) 1992 yilda tug`ilgan R.I. o`zining boshqaruvidagi "Patriot" rusumli avtomashinasini boshqarib ketayotgan vaqtida, o`zi bilan bir yo`nalishda orqadan harakatlanib kelayotgan, 1999 yilda tug`ilgan B.M. o`zining “Lasetti” rusumli transport vositasini boshqarish davomida oraliq masofani saqlay olmasdan “Patriot” avtomashinasi bilan to`qnashib, yo`l-transport hodisasi sodir etgan.

Natijada har ikkala avtomashinalar tehnik shikastlangan, tan jarohati olganlar yo`q.

Mazkur holat yuzasidan Andijon shahar IIOFMB YHXB ma`sul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar