AsosiyJamiyat

Bugun O`zbekiston bo`ylab biroz salqin ob-havo bo`ladi

'Bugun O`zbekiston bo`ylab biroz salqin ob-havo bo`ladi'ning rasmi

Bugun kunduz kuni respublika bo`yicha yog`ingarchilik kutilmaydi, faqat Andijon, Namangan, Farg`ona viloyatlarida kechga tomon ba`zi joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin.. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 13-18 m/s gacha, ayrim joylarda chang-to`zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 31-36°, janubda ba`zi joylarda 40° gacha bo`ladi.

Poytaxtimizda yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi, 10-12 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 34-36° bo`ladi.

Tog` oldi va tog`li hududlarda ba`zi joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 24-29° bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar