Xabaringiz bor, joriy yilning 9 iyul kuni O`zbekistonda muddatidan oldin prezidentlik saylovlari bo`lib o`tadi. Unda mamlakatdagi mavjud 5 ta siyosiy partiyadan 4 ta nomzod saylovchilar ovozi uchun o`zaro bellashadi.
Saylovda g`alaba qozonish uchun nomzodlar saylovoldi dasturini ishlab chiqqan va shu orqali mavjud muammolarga echim topib, o`z siyosiy partiyasi qarashlarini ifodalamoqda.
Masalan O`zbekiston Ekologik partiyasidan Prezidentlikka nomzod Abdushukur Hamzaev yashil iqtisodiyotga o`tish haqida ko`proq gapirayotgan bo`lsa, “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan nomzod Robaxon Mahmudova „ijtimoiy davlat“ va „barcha uchun farovonlik ta`minlangan“ adolatli fuqarolik jamiyatini qurishning sosial-demokratik modelini taklif etmoqda.
Xo`sh, fuqarolarning o`zi prezidentlikka nomzodlardan nimani kutyapti-yu, ulardan ko`proq qaysi sohaga e`tibor qaratishini so`raydi. Darakchi’uz shu mazmundagi savol bilan poytaxt aholisi va mehmonlariga mikrafon tutdi. Javoblar bir-biridan qiziq va turlicha bo`ldi.






