AsosiyJamiyat

Hindistonga noqonuniy tarzda kirishga urinayotgan O`zbekiston fuqarosi qo`lga olingani aytilmoqda

'Hindistonga noqonuniy tarzda kirishga urinayotgan O`zbekiston fuqarosi qo`lga olingani aytilmoqda'ning rasmi

Hindistonning ayrim OAVda kecha ushbu davlatga Bihar shtatidagi Sitamarhi tumanida Nepaldan noqonuniy tarzda kirishga urinayotganda ushlangan O`zbekiston fuqarosi haqida ma`lumot tarqatildi, deb xabar qilmoqda “Dunyo”AA.

Ma`lum qilinishicha, o`zini O`zbekiston fuqarosi deb tanishtirgan X.M. ismli kishining yonida amaldagi pasporti yoki shaxsni tasdiqlovchi boshqa hujjatlari bo`lmagan.

Mamlakatimizning Dehlidagi elchixonasi ushbu masalaga oydinlik kiritish maqsadida tezkor chora-tadbirlar ko`rmoqda. Shu maqsadda Hindistonning tegishli mahkama va idoralari bilan aloqa o`rnatilib, mazkur vaziyat nazoratga olindi.

Diplomatik missiya vatandoshlarimizni Hindistonga safar qilishdan oldin turli shubhali guruh yoki shaxslarning yolg`on va`dalariga aldanib qolmaslik, ushbu mamlakatga kirish va unda bo`lib turish chog`ida mahalliy qonunchilik talablariga qat`iy rioya qilishga chaqiradi.

Elchixona bunday holatlar yuzaga kelgan taqdirda zarur konsullik-huquqiy yordami ko`rsatilishi uchun zudlik bilan quyidagi vositalar orqali murojaat qilishni tavsiya qiladi:

Telefon: +91 11 2467 0774/75

Telegram-bot: @consuluzbindia_bot

Hindiston OAV tarqatgan xabarga ko`ra, yil boshidan beri 10 dan ortiq davlatning kamida 35 nafar fuqarosi Nepal-Hindiston chegarasiini noqonuniy kesib o`tishga urinayotgan paytda qo`lga olingan.

    Boshqa yangiliklar