AsosiyDunyo

Saudiya Arabistonida Haj ziyoratini ruxsatnomasiz bajarishga uringan 17 mingdan ortiq kishi hibsga olindi

'Saudiya Arabistonida Haj ziyoratini ruxsatnomasiz bajarishga uringan 17 mingdan ortiq kishi hibsga olindi'ning rasmi

Saudiya Arabistonida yillik Haj ziyoratini ruxsatnomasiz bajarishga uringan 17 mingdan ortiq kishi hibsga olindi, deb xabar berdi "Arab News"ga tayanib "asiaplus"

Xavfsizlik qo`mitasi rahbari general-leytenant Muhammad al-Bassamiyning aytishicha, jami 17 615 kishi hibsga olingan.

"Jumladan, yashash, mehnat va chegara xavfsizligi qoidalarini buzgan 9509 nafar, shuningdek, qirollikning turli hududlarida 105 ta soxta haj safari tashkilotchilari. Ularning barchasi prokuratura organlariga o`tkazildi", — dedi u.

Al-Bassamiyning qo`shimcha qilishicha, haj ruxsatnomasi bo`lmagan 202 695 kishi Makkaga kirish joylaridan qaytarilgan, Makka va muqaddas joylarga kirish uchun lisenziyasi bo`lmagan deyarli 129 ming avtomobil ham qaytarilgan.

“Hajga ruxsati bo`lmagan ziyoratchilarni tashigan 33 nafar shaxs qo`lga olinib, ma`muriy qo`mitalarga topshirildi va jazolanadi”, — dedi Muhammad Al-Bassamiy.

Qayd etilishicha, O`tgan hafta Saudiya Arabistonining Makka va Madina shaharlarida yillik Haj ziyorati bo`lib o`tdi. Unda ikki milliondan ortiq kishi qatnashdi. Bu yil, koronavirus pandemiyasi boshlanganidan beri birinchi marta Saudiya Arabistoni hukumati 2020 yilgacha bo`lgan ko`p odamning haj ziyoratiga borishiga ruxsat berdi.

 

    Boshqa yangiliklar