AsosiyJamiyat

O`zbekistonda joriy hafta nisabatan salqin bo`ladi — "O`zgidromet"

'O`zbekistonda joriy hafta nisabatan salqin bo`ladi — "O`zgidromet"'ning rasmi

"O`zgidromet" joriy hafta davomida kutilayotgan ob-havo ma`lumotini e`lon qildi. 

Qayd etilishicha, yakshanba kuni respublikaning shimoliy hududlariga Qozig`iston hududlaridan kirib kelgan nisbatan salqin havo massasi bugun salqin havo respublikaning barcha hududlariga tarqala boshladi. Kunduzi havo harorati 33-36 darajagacha, janubda 40 darajagacha pasayadi. Me`yoriy qiymatlarga yaqin bo`lgan bunday harorat foni ish haftasining oxirigacha saqlanib turadi.

3-7 iyul kunlari ayrim tog` oldi va tog`li hududlarda, shuningdek, 4 iyulda kechga tomon Farg`ona vodiysi viloyatlari bo`yicha ba`zi joylarda momaqaldiroq bilan qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi mumkin.

Respublika bo`yicha ba`zi joylarda shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda,
3-4 iyul kunlari eng chekka janubda 20-22 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to`zon bilan kuzatilishi mumkin.

Poytaxtda havo biroz bulutli bo`ladi, vaqti-vaqti bilan o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy yo`nalishdagi shamol 3-8 m/s tezlikda esadi, vaqti-vaqti bilan 10-12 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat asosan 34-36o bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar