O`quv markazi ochish uchun subsidiya ajratishning navbatdagi bosqichi boshlangani haqida xabar berildi.
Talabgorlar 10 iyulga qadar «Qishloq hududlarida xorijiy tillarni o`qitish faoliyatini tashkil etish uchun nodavlat ta`lim tashkilotlariga subsidiya ajratish» xizmatidan foydalanishlari mumkin.
Bu turdagi subsidiya quyidagi maqsadlarda ajratiladi:
- bino va o`quv xonalarini zamonaviy axborot kommunikasiya texnologiyalari, mebel, asbob-uskunalar, o`qitishning texnik vositalari va boshqa anjomlar bilan jihozlashga;
- zarur darsliklar, o`quv-metodik adabiyotlar va boshqa kutubxona-axborot resurslari hamda vositalari bilan ta`minlash, ta`lim jarayonini tashkil etishga jalb etiladigan pedagog kadrlar mehnatiga haq to`lashga.
Quyidagi hujjatlar talab etiladi:
2 yilga mo`ljallangan biznes reja;
- mahsulot etkazib berish yoki ishlarni, xizmatlarni bajarish to`g`risida tuzilgan xo`jalik shartnomalari;
- pedagog kadrlar bilan tuzilgan mehnat shartnomalari;
- pedagog kadrlarning xorijiy tilni bilish darajasini tasdiqlovchi sertifikatlari;
- ta`lim jarayonida foydalanilayotgan bino yoki o`quv xonalarining ijara shartnomasi (ko`chmas mulk ijarasi asosida faoliyat yuritayotgan nodavlat ta`lim tashkilotlari uchun).
Xizmatdan foydalanish mutlaqo bepul.






