AsosiyJamiyat

Toshkentdagi aeroportga olib boruvchi ko`prik vaqtincha yopiladi

'Toshkentdagi aeroportga olib boruvchi ko`prik vaqtincha yopiladi'ning rasmi

Yakkasaroy tumani Bobur ko`chasidagi yo`l o`tkazgichda qurilish-ta`mirlash ishlari olib borilayotganligi sababli ushbu yo`l o`tkazgich 2 iyul soat 17:00 dan 3 iyul 06:00 ga qadar avtomobillar harakati uchun yopiladi.

Bu vaqt oralig`ida avtomobillar Aeroportga Sergeli yo`nalishidan Fayzli Toshkent ko`chasi va TXAY orqali, Miribod tumanidan Haydar Aliev, Temiryo`lchilar va Uchuvchilar ko`chalari orqali kelishlari mumkin.

    Boshqa yangiliklar