Samarqand viloyati Qo`shrabot tumani hududida joylashgan Zarmitan tilla koni shaxtasi yuklash punktiga borish yo`lida ikki nafar yigitning og`ir tan jarohati olgan holatdagi murdasi topilgan.
Halok bo`lgan yigitlardan biri 1999 yil, ikkinchisi 2003 yilda tug`ilgan bo`lib, ular Qo`shrabot tumani Mayintepa qishlog`ida yashagan.
Bosh prokuratura matbuot kotibining Kun.uz’ga ma`lum qilishicha, hodisa 2023 yil 28 iyun kuni sodir bo`lgan. Yigitlar kon ishchilari kiyimida bo`lishgan va ularning yonida 2 qopda 94 kilogramm og`irlikdagi ma`dan toshlari bo`lgan.
Ma`lum qilinishicha, yigitlar konga tarkibida oltin bo`lgan ma`danli toshlarni talon-toroj qilish uchun noqonuniy ravishda kirgan. Ularni yuklash punktiga borib qaytayotgan erosti o`ziyurar mashina operatori aniqlagan.
Birlamchi ma`lumotlarga ko`ra, konga noqonuniy kirgan yigitlarni o`ziyurar mashina operatori bosib o`tgan bo`lishi ham mumkin. Chunki o`ziyurar mashina kabinasi uning yon tomonida joylashgan va yigitlar mashina harakat yo`nalishining qarama-qarshi yon tomoni operator ko`rish radiusidan tashqarida qolgan bo`lishi ehtimoli ham bor.
Hodisa joyiga tezkor-tergov guruhi a`zolari hamda Qizilqum kon texnika inspeksiyasi mutaxassislari






