Telegram-kanallarda 30 iyun kuni Namangan viloyati Pop tumani hududida joylashgan Chodak dam olish maskanida qo`lbola uslubda qurilgan kanatga chiqqan odam dor yo`lining yarmiga borib to`xtab qolgani aks etgan videolar tarqaldi.
Namangan viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi internetda tarqalgan videolarning birida dor yo`lida osilib turgan odam osma kanat ishchisi ekani, u kanatni moylayotganda dam olish maskaniga kelganlar bu holatni videoga olgani, dor yo`li har kuni moylanishini ma`lum qildi.
Boshqarma axborot xizmatiga ko`ra, Telegram-kanallarda tarqalgan ikkinchi videoda esa uch nafar ayol osma kanat ishchi xodimlari tomonidan yo`riqnoma berilishiga qaramasdan dor yo`liga chiqishgan paytda o`zboshimchalik bilan har xil harakatlar qilgani tufayli o`rtada qolib ketishgan.
Ta`kidlanishicha, bu ikki holat shu kecha-kunduzda emas, balki oldin yuz bergan bo`lib, buning oqibatida hech kim tan jarohati olmagan.






