Fransiya polisiyasi va jandarmlari mamlakatda tartibsizliklar boshlanganidan beri 2,4 mingga yaqin odamni hibsga oldi. Bu haqda fransuz ommaviy axborot vositalari xabar berdi.
Ma`lumotlarga ko`ra, Fransiyada 28 iyunga o`tar kechasi 31 kishi, 29 iyun kuni 182 kishi, keyingi kuni 875 kishi va 1 iyul kuni 1311 kishi hibsga olingan. Mamlakat bo`ylab jami 2399 kishi hibsga olingan.
1 iyulga o`tar kechasi Fransiya rasmiylari 30 iyunga o`tar kechasidagidan ko`ra ko`proq kuch ishlatgan. Xususan, ko`chalarda xavfsizlikni ta`minlashga 45 ming nafar polisiyachi jalb qilingan. Bundan tashqari, rasmiylar milliy jandarmning 18 ta bronetransportyordan iborat zirhli guruhidan foydalanishga qaror qilgan.
Bezorilar bilan to`qnashuvda 79 nafar polisiyachi va jandarm yaralangan. Shuningdek, kecha tunda 1350 ta avtomobil yoqib yuborilgan, 234 ta bino zarar ko`rgan.
Shanbaga o`tar kechasi eng yirik tartibsizliklar Marsel, Lion, Sen-Eten, Tuluza, Bordo, shuningdek, Sen-Denida bo`lib o`tgan.






