AsosiyJamiyat

Bugungi ob-havo ma`lumoti e`lon qilindi

'Bugungi ob-havo ma`lumoti e`lon qilindi'ning rasmi

Bugun kunduz kuni respublika bo`yicha yog`ingarchilik kutilmaydi, faqat Qoraqalpog`iston Respublikasida, Xorazm viloyatida, va Navoiy viloyatining cho`l hududlarida ba`zi joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Bu haqda “O`zGidromet” xabar berdi.

Ma`lum qilinishicha, shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 13-18 m/s gacha, ba`zida 20-25 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to`zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 35-40°, janubda ba`zi joylarda 42-43° gacha bo`ladi.

Poytaxtimizda yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi, 10-12 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 38-40° bo`ladi.

Tog` oldi va tog`li hududlarda ba`zi joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 26-31° bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar