Joriy yilning 2 iyul kuni Olmazor va Yunusobod tumanlarining ayrim ko`chalarida hamda Toshkent tumanining ba`zi hududlarida elektr energiyasi soat 00:00 dan 07:00 ga qadar vaqtinchalik o`chiriladi. Bu haqda Energetika vazirlishi xabar qildi.
Toshkent shahar elektr tarmoqlariga qarashli 110 kV quvvatga ega bo`lgan elektr uzatish kabel tarmog`ining 110 kVli L-DOK-1 va L-DOK-2 yuqori kuchlanishli elektr uzatish havo tarmog`idagi 36-sonli tayanchda ta`mirlash (izolyator almashtirish) ishlari olib borilishi hamda ushbu ishlarni xavfsiz bajarish maqsadida:
OLMAZOR tumanining - «Ibrohim ota» MFY, «Chuqursoy» MFY, «Ahil» MFY, «Moyariq» MFYlarida aholi xonadonlari va Jome mavzesining tadbirkorlik sub`ektlari;
YuNUSOBOD tumanining - «Hasanboy» MFY, «Katta Hasanboy» MFY, «Sharq haqiqati» MFY, «Turkiston» MFY, «Yo`lariq» MFY, «Akbarobod» MFY, «Tiklanish» MFY, «Astrobod» MFY, «Hamkorobod» MFY, «Islomobod» MFY, «Sobirobod» MFY, «Nurmakon» MFY, «Mingchinor» MFYlarining qisman ko`chalari va Issiqlik markazi;
Toshkent tumanining – “Sanoat”, “Ayriota”, “G`ishtko`prik”, “Ibrat”, “Sabzavot”, “Tutzor”, “Iqbol”, “Darxon”, “Parvoz”, “Guliston”, “Bog`bon”, “Oydin hayot”, “Quruvchi”, “Qashqarlik”, “Mustaqillik”, “Sergali”, “Sarke”, “Avliyo ota”, “Hasanboy”, “Yuqori Hasanboy”, “Rahbarobod”, “Bahor”, “Kensoy”, “Ko`kterak”, “Navoiy”, “Chuvalachi”, “Masalboy”, “Ko`kterak”, “Guliston”, “Keles” MFYlarining ayrim mahallalarida (https://t.me/toshhetk/68018) elektr ta`minotida uzilishlar kuzatiladi.
"O`z navbatida, yuqoridagi hududlarda ta`mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkinligini bildirib o`tamiz.
«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ ta`mirlash ishlari tufayli elektr ta`minotidagi vaqtincha uzilishlar sababli etkazilayotgan noqulayliklar uchun ushbu hududlarda yashovchi iste`molchilardan uzr so`raydi", - deyiladi xabarda.






