AsosiyDunyo

Fransiyada o`smirning o`limi tufayli boshlangan tartibsizliklar butun mamlakatni qamrab oldi

'Fransiyada o`smirning o`limi tufayli boshlangan tartibsizliklar butun mamlakatni qamrab oldi'ning rasmi

Fransiyada polisiya zobiti tomonidan o`smirning o`ldirilishi ortidan sodir bo`lgan tartibsizlikning to`rtinchi kechasida rasmiylar tartibni saqlash uchun 45 ming polisiyachi va zirhli texnikani safarbar etdi. Bu haqda BBS xabar bermoqda.

Norozilar butun mamlakat bo`ylab, jumladan Marsel, Lion, Tuluza, Strasburg, Lill va Parijda binolar va mashinalarga o`t qo`ydi, do`konlarga bostirib kirishdi, shuningdek, Nanterda 17 yoshli o`smir halok bo`ldi.

Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, asli jazoirlik bo`lgan voyaga etmagan Nael M. seshanba kuni ertalab «Mersedes» rusumli avtomashinani haydab ketayotib, qoida buzgani uchun polisiya patruli tomonidan to`xtatilgan va otib o`ldirilgan.

Polisiya avvaliga o`smir ularni yiqitishga uringanini aytdi, biroq keyinroq e`lon qilingan videoda voqea boshqacha ko`rinadi. O`shandan beri Fransiya shaharlarini har kecha tartibsizliklar qamrab oladi.

    Boshqa yangiliklar