Ijtimoiy tarmoqda Jizzax viloyatining Sharof Rashidov tumanida yuz bergan ayanchli yo`l-ulov hodisasining video tasvirlari tarqaldi.
Viloyat IIB ma`lum qidishicha, avtohalokat joriy yil 30 iyun kuni soat 10.50. lar atrofida Toshkent – Termiz M-39 yo`lining 997- kilometrida sodir bo`lgan.
Buxoro viloyati Jondor tumani ibn Sino mahalla fuqarolar yig`inida yashovchi J.K. boshqaruvidagi “Chakman” shu yo`nalishda harakatlanayotgan Samarqand viloyati Payariq tumani Imom Buxoriy mahallasida istiqomat qiluvchi B.G` boshqaruvidagi “Epika”ning orqasidan urilgan.
Oqibatda “Epika” yo`lovchisi, Payariq tumani Imom Buxoriy mahallasida yashovchi Q.T. voqea joyida vafot etgan. Xuddi shunday mazkur avtoulov ichida bo`lgan, Xorazm viloyati Xiva tumani Jarayon mahallasida istiqomat qiluvchi M.A. shifoxonaga yotqizilgan va u ko`rsatilgan muolajalarga qaramasdan vafot etgan.
Bundan tashqari ushbu yo`l-ulov hodisasi natijasida Toshkent shahri, Jizzax, Buxoro, Qashqadaryo viloyatlarida yashovchi shaxslar boshqaruvidagi “Lacetti”, “Sinotruk”, “Howo”, “Cobalt”, “Nexia-3” to`qnashgan.
Oqibatda mazkur avtoulovlarga turli darajada texnik shikast etgan. Ushbu avtomashinalarda bo`lgan haydovchi va yo`lovchilar jabrlanmagan.
Holat yuzasidan tegishli tartibda jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Ma`lum qidishicha, ayni paytda Jizzax shahrini G`allaorol tumani va boshqa viloyatlar bilan bog`lovchi Uchtepa – Jizzax 4R-38 yo`lining 34-35 kilometrlari oralig`ida Sangzor daryosi ustidagi ko`prik ta`mirlanayotgan bo`lgan.
Shuningdek, mazkur yo`lning 33- kilometrida yo`l o`tkazgich qurilmoqda. Mazkur jihat 4R-38 yo`lida avtotarnsport vositalari harakatining cheklanishiga sabab bo`ldi. Bu esa Toshkent – Termiz M-39 yo`lining 981 va 1012- kilometrlari oralig`ida avtoulovlar harakatining sezilarli darajada ortishiga olib kelgan.
Barcha haydovchilardan yo`l harakati qoidalariga qat`iy amal qilishni, avtomashinalar harakati tig`iz bo`lgan yo`nalishlarda hushyor bo`lish so`ralmoqda.






