Oliy ta`lim vazirligi mas`uli Abduvali Xoliqovga ko`ra, sirtqi ta`lim shakli hozir o`zini oqlamayapti. Bu ta`lim shakli bosqichma-bosqich masofaviyga o`tkaziladi.
“Faqat buning uchun texnik jihatdan tayyor bo`lish kerak. Internet yaxshi bo`lishi kerak. Aynan qachon masofaviyga o`tilishini jarayon hal qiladi. Balki 3 yil, balki 5 yildan keyin to`la sirtqi ta`limdan voz kecharmiz”, dedi u.






