AsosiyJamiyat

Ixtisoslashtirilgan maktablarning barchasiga qabul 10 iyulga qadar uzaytiriladi

'Ixtisoslashtirilgan maktablarning barchasiga qabul 10 iyulga qadar uzaytiriladi'ning rasmi

Ixtisoslashtirilgan ta`lim muassasalari agentligi tizimidagi Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab internatlari hamda Prezident maktablarining bo`sh o`rinlariga o`qishga hujjatlar qabuli, ko`p sonli ota-onalarning talablariga binoan, joriy yilning 10 iyul kuniga qadar uzaytirildi.

  • Prezident maktablariga qabul faqat 4 sinfdan 5 sinfga o`tayotgan o`quvchilar uchun 30 iyunda yopiladi. Qolgan bo`sh o`rinlarga qabul 10 iyulga qadar uzaytiriladi.

 

  • Ijod maktablariga qabul 30 iyunda to`liq  yopiladi.

 

  • Ixtisoslashtirilgan maktablarning barchasiga qabul 10 iyulga qadar uzaytiriladi.

    Boshqa yangiliklar