AsosiyJamiyat

Toshkentdagi ayrim avtobus haydovchilari bugun yoshlarga pulsiz xizmat ko`rsatishdan bosh tortdi

'Toshkentdagi ayrim avtobus haydovchilari bugun yoshlarga pulsiz xizmat ko`rsatishdan bosh tortdi'ning rasmi

Toshkent hokimligi poytaxtda 30 iyun kuni 14 yoshdan 30 yoshgacha bo`lganlarga avtobuslar bepul xizmat ko`rsatishi haqida xabar bergan edi.

Ushbu tashabbus Yoshlar kuni munosabati bilan tashkil etildi. Afsuski, poytaxt bo`ylab harakatlanayotgan ayrim avtobuslarda yoshlarga pullik xizmat ko`rsatish holati kuzatilgan. Ijtimoiy tarmoqlar bu haqda tanqidiy postlar joylashtirilmoqda.

Mazkur holat yuzasidan "Toshshahartransxizmat" AJ tomonidan olib borilgan o`rganishlarda haqiqatdan ham ayrim avtobus yo`nalishlarida yoshlarga pullik xizmat ko`rsatish holati kuzatilgan. 

Ma`lum qilinishicha, hozirda mas`ul xodimlar tomonidan ushbu holat qat`iy nazoratga olingan bo`lib, yo`nalishlarda 30 iyun kuni 14 yoshdan 30 yoshgacha bo`lgan yo`lovchilarga bepul xizmat ko`rsatilishi bo`yicha qo`shimcha yo`riqnomalar va topshiriqlar berilmoqda.

"Shu o`rinda 14 yoshdan 30 yoshgacha bo`lgan yo`lovchilardan o`z haq-huquqlarini talab qilishlarini va poytaxt avtobus yo`nalishlarida yo`l haqi uchun to`lov qilmasliklarini so`rab qolamiz!", - deyiladi xabarda.

 

    Boshqa yangiliklar