AsosiyDunyo

AQSh tez kunda Ukraina qo`shinlari uchun ATACMS taktik raketalarini etkazib berishga ruxsat berishi mumkin

'AQSh tez kunda Ukraina qo`shinlari uchun ATACMS taktik raketalarini etkazib berishga ruxsat berishi mumkin'ning rasmi

Qo`shma Shtatlar yaqin orada Ukraina qo`shinlari uchun ATACMS taktik raketalarini etkazib berishga ruxsat berishi mumkin, deb yozmoqda The Wall Street Journal  AQSh va Evropa rasmiylariga tayanib.

Ma`lumot uchun: ATACMS taktik raketalari taxminan 300 kilometr masofaga ega.

Ushbu raketalarni Kievga topshirish masalasi hozirda eng yuqori darajada muvofiqlashtirish bosqichida ekanini qayd etilgan.

Avvalroq, Oq uy ATACMS operativ-taktik raketalarini Ukrainaga harbiy yordam paketlariga kiritishdan bosh tortgan va buni istalmagan kuchayish tahdidi, Pentagon ixtiyoridagi raketalar sonining kamligi va mojaroda ularning munozarali talabi bilan izohlagan edi.

May oyi oxirida AQSh prezidenti Jo Bayden davlatlar Kievga operativ-taktik raketalarni topshirish masalasini hali ham ko`rib chiqayotganini aytgan. Ammo keyinchalik Oq uy matbuot kotibi Karin Jan-Per Vashingtonning Qurolli kuchlarni uzoq masofaga uchuvchi qurollar bilan ta`minlash imkoniyati bo`yicha pozisiyasi o`zgarishsiz qolayotganini va Qo`shma Shtatlar raketa etkazib berishni rejalashtirmayotganini ta`kidlagan.

 

    Boshqa yangiliklar