AsosiyJamiyat

Bugun O`zbekistonda havo harorati 33-38°, janubda esa 40-41° gacha bo`ladi

'Bugun O`zbekistonda havo harorati 33-38°, janubda esa 40-41° gacha bo`ladi'ning rasmi

"O`zgidromet" markazining xabariga ko`ra, bugun kunduz kuni respublika bo`yicha yog`ingarchilik kutilmaydi, faqat ertalab Qoraqalpog`iston Respublikasida qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarida 13-18 m/s gacha, shimolda ba`zida 20-22 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to`zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 33-38°, janubda ba`zi joylarda 40-41° gacha bo`ladi.
 

Poytaxtda yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi, kechga tomon 10-12 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to`zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 34-36° bo`ladi.

Tog` oldi va tog`li hududlarda yog`ingarchilik kutilmaydi, faqat Farg`ona vodiysi viloyatlarida ba`zi joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 23-28° bo`ladi.
 

    Boshqa yangiliklar