AsosiySport

O`zbekiston termasi AQShga qarshi o`rtoqlik uchrashuvi o`tkazadi

'O`zbekiston termasi AQShga qarshi o`rtoqlik uchrashuvi o`tkazadi'ning rasmi

Futbol bo`yicha O`zbekiston milliy terma jamoasi sentyabr oyida AQShda yig`in o`tkazadi. Bu haqda O`FA Axborot xizmati xabar berdi 

Ma`lum qilinishicha, O`zbekiston vakillari sentyabr oyidagi FIFA kunlarida Bolgariyaga qarshi uchrashuv o`tkazishi rejalashtirilgandi. Biroq murabbiylar shtabining qarori bilan ular Amerika Qo`shma Shtatlarida yig`in o`tkazadigan bo`ldi. 

Unga ko`ra, Srechko Katanes shogirdlari yig`in doirasida 10 sentyabr kuni FIFA reytingida 11-o`rinni egallab turgan AQSh milliy terma jamoasiga qarshi o`rtoqlik o`yinida maydonga tushadi.

Toshkent vaqti bilan 03:30 da start oladigan mazkur uchrashuv Missuri shtati Sent-Luis shahridagi “CityPark” stadionida bo`lib o`tadi.

    Boshqa yangiliklar