AsosiyDunyo

Ispaniya va Portugaliyani jazirama issiq qamrab olishi mumkin

'Ispaniya va Portugaliyani jazirama issiq qamrab olishi mumkin'ning rasmi

Sinoptiklar Pireney yarim oroli janubida havo harorati Selsiy bo`yicha 44 darajadan oshishini taxmin qilyapti, deya xabar beradi euronews.

Ispaniyaning Andalusiyadagi Sevilya va Kordova shaharlarida sinoptiklar yaqin kunlarda havo harorati Selsiy bo`yicha 44 darajagacha ko`tarilishi mumkinligidan ogohlantiryapti. Mahalliy aholining aytishicha, bunday sharoitda oddiy hayot kechirish deyarli imkonsiz bo`lib qolgan.

«Juda issiq, havo dim. Biz boshdan kechirayotgan bunday jaziramada yashash qiyin», - deydi Sevili Pako.

«Uch yil avval men to`rt marta issiq urishni boshdan kechirdim. Ishda hushimdan ketib qoldim. Endi esa juda ehtiyotkorman, bundan qo`rqaman», - deydi quruvchi Migel Anxel.

So`nggi yillarda jazirama Evropada tez-tez kuzatilib, uzoqroq davom etyapti.

2022 yil Ispaniyada qayd etilgan eng issiq yil bo`ldi va meteorologlar bu yil avvalgi rekordni yangilashi mumkinligini taxmin qilyapti.

Yoz endigina boshlandi, biroq joriy yilning bahoridayoq mamlakatning ayrim hududlarida havo harorati Selsiy bo`yicha 35 darajadan oshdi.

    Boshqa yangiliklar